Minskda yana namoyishlar boshlandi (fotoreportaj)

Olam

image

Minskda yana namoyishlar boshlandi. Bugun, 25 oktyabr kuni Belarus muxolifatining mingdan ortiq tarafdorlari Minsk markazidagi Mustaqillik maydonida muxolifatning mavjud Hukumatga qo‘ygan “ultimatum"i muddati tugashi munosabati bilan norozilik mitingiga yig‘ilishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Odamlar oq-qizil-oq norozilik ramzlari ostida turib, "Yashasin Belarus!", deb baqirmoqda. 

Фото: TUT.BY

Kuch ishlatar tuzilmalarning ko‘plab xodimlari ushbu hududda to‘plangan, ammo hozirgacha ular ruxsatsiz harakatlar o‘tkazilishiga xalal bermayapti. 

Фото чiтателя TUT.BY

Aslida muxolifat Mustaqillik ko‘chasida to‘planish haqida e’lon berganidan keyin kuch ishlatar tuzilmalar unga tutash ko‘chalarni, jumladan Minsk markazini yopishga kirishgan edi. 

Фото: TUT.BY

Xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura joylashgan ko‘chada ham to‘plangan. G‘alaba xiyoboni Minsk-Arenadan markazga qarab to‘sib qo‘yilgan. Opera va balet teatri yaqinidagi bog‘da huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mobil guruhlari joylashgan. 

Фото от чiтателя

An’anaga ko‘ra, maxsus uskunalarning kolonnasi Mustaqillik saroyi yaqinidagi Prezident Aleksandr Lukashenkoning qarorgohiga yo‘naltiriladi.  

Фото: t.me/NavaPolack

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar tumanlardan markazga qarab harakatlana boshlagan. Namoyishchilar "Ishonamiz, qo‘limizdan keladi, biz g‘alaba qozonamiz", deb hayqirmoqda.  Xavfsizlik xodimlari hozircha hech qanday choralar ko‘rmagan. Namoyishchilar saf tortgan G‘alaba xiyoboniga ketma-ket OMON guruhlari o‘tirgan avtobuslar yetib kelgan. Mustaqillik maydoniga maxsus texnika, shu jumladan "Rubej" avtomashinalari ham yetib borgan. 

Фото от чiтателя

Фото: TUT.BY

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 oktyabr kuni Svetlana Tixanovskaya boshchiligida muxolifat liderlari Lukashenkoga nisbatan e’lon qilgan “ultimatum” muddati bugun nihoyasiga yetadi. “Ultimatum” quyidagi uch talabdan iborat:

•    Lukashenko iste’fo berishi;
•    xalqqa nisbatan zo‘ravonliklar to‘xtatilishi; 
•    100 nafar siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi.

Фото: TUT.BY

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan keyin bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda saylovni qayta o‘tkazish talab qilindi. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.

Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya saylovdan bir necha kun o‘tgach, Litvaga ketishga majbur bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Minsk namoyishlari

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar