Belarusda o‘lganlarga nisbatan jinoiy ish ochishga va ularni sud qilishga ruxsat berildi

Olam

image

Belarus parlamentining quyi – Vakillar palatasi huquq-tartibot idoralariga vafot etganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Zerkalo” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining jinoiy ish yuritishni istisno qiladigan holatlar to‘g‘risidagi moddasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Unga ko‘ra, vafot etgan shaxslarga nisbatan da’vo muddati o‘tmagan jinoyatlar – tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rish yoki olib borish, terrorizm, genotsid, ekotsid, qonunlarni buzish moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish mumkin bo‘ladi. 

Marhum ayblanuvchilarning qarindoshlari esa sudda vafot etgan shaxsning manfaatlarini himoya qilishlari mumkin. Buning uchun ular ariza topshirishlari kerak.

Qarindoshlar jarayonda ishtirok etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan yoki ular topilmagan taqdirda, ayblanuvchining manfaatlarini tayinlangan advokat himoya qiladi.

Qonun Respublika kengashi (parlamentning yuqori palatasi) tomonidan ma’qullanib, mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoiy ish Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing