Belarusda siyosiy mahbus noaniq sharoitda vafot etdi

Olam

image

Bugun, 11 iyul kuni Belorusda siyosiy mahbus, taniqli rassom Ales Pushkin reanimatsiyada vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Facebook'da xabar qoldirdi.

Siyosiy mahbusning o‘limi u jazoni o‘tayotgan Grodnodagi 1-sonli qamoqxona tomonidan ham tasdiqlangan.

Rassom 2021 yil 30 martda hibsga olingan, bir yildan so‘ng “natsizm targ‘iboti”, shuningdek, “nafrat qo‘zg‘atish” va “davlat ramzlarini tahqirlash” aybi bilan besh yilga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qilingan. Mamlakat Bosh prokuraturasi rassomning Grodnodagi ko‘rgazmasida urushdan keyingi Belarus antisovet harakati yetakchisi Yevgeniy Jixar portretining mavjudligini natsizm, deb hisoblagan. 

Prokuraturadagi jarayon yopiq eshiklar ortida o‘tgan, biroq ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvlarning birida rassom norozilik belgisi sifatida qornini shikastlab qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Ales Pushkinning ijodiy ishi har doim hayratlanarli va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Uning ko‘plab badiiy chiqishlari Belarus tarixiga kirgan, masalan, afsonaviy "Prezident uchun o‘g‘itlar" (1999) asarida Ales Aleksandr Lukashenkoga go‘ng bilan g‘ildirakli aravani "tutdirib", uni bevosita qarorgohga yetkazib bergan. O‘shanda rassom ikki yillik sinov muddatiga hukm qilindi.

Ales Pushkin restavrator sifatida ham ishlagan va cherkovlarda rasmlar chizgan. Masalan, u Bobr qishlog‘idagi avliyo Nikolay Chudotvorets cherkovida qiyomatni tasvirlaydigan freskada gunohkorlar orasida Aleksandr Lukashenko va Metropolitan Filaretni chizgan. Keyinchalik freska bo‘yalgan, 2011 yilda esa cherkov yonib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' siyosiy mahbus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing