Belarusda Lukashenkoga qarshilarni hibsdan ozod qilish boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda ishtirok etgan Belarus muxolifati Muvofiqlashtiruvchi kengashi Prezidiumi a’zosi Liliya Vlasova tergov izolyatoridan chiqarilib, uy qamog‘iga olingan  Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.  

Qayd etishicha, Vlasova 16 oktyabr kuni kechqurun Davlat xavsizlik qo‘mitasi qamoqxonasidan ozod qilingan. 

Shu kuni DXQ tergov hibsxonasida Lukashenko bilan uchrashuvda ishtirok etgan siyosiy strateg Vitaliy Shklyarovga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirildi. Shklyarov ham uy qamog‘iga olingan. 

10 oktyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sobiq prezidentlikka da’vogar Viktor Babariko va hibsga olingan boshqa muxolifat vakillari bilan uchrashdi. Davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, uchrashuvda konstitutsiyaviy islohot masalalari muhokama qilingan. Shundan so‘ng, 11 oktyabr kuni yig‘ilishning ikki ishtirokchisi – siyosatshunos Yuriy Voskresenskiy va PandaDoc kompaniyasi direktori Dmitriy Rabsevich hibsxonadan ozod etilishi haqida ma’lum bo‘ldi. Keyin PandaDoc’ning ikki nafar xodimi va advokat Ilya Salei ozod qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgust beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiya o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Liliya Vlasova

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing