Belarusda Erk kunida 200 dan ortiq odam hibsga olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 25 mart kuni Belarusda Erk kunini nishonlash vaqtida ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun 200 dan ortiq odam hibsga olindi. Bu haqda Belarus Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar berdi TUT.BY nashri.

Poytaxt Minskda 136 kishi, yana 19 ta shaharda 50 dan ortiq odam qo‘lga olingan. Ba’zi fuqarolar uyi tintuv qilingach, boshqalari ko‘chada ushlangan.

Erk kuni – 1918 yil 25 martda Belarus Xalq Respublikasi e’lon qilingan kun. Mamlakatda bu bayram norasmiy darajada nishonlanadi. Minsk shahar Ijroiya qo‘mitasi Erk kunida namoyish va mitinglar o‘tkazishni taqiqlagan.

Erk kunida Minskga harbiy texnika – BTR, razvedka-patrul va yuk mashinalari kiritildi. 

Avvalroq, 25 mart kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning asosiy qarorgohi hisoblangan Minskdagi Mustaqillik saroyi kuchishlatar tuzilma bo‘linmalari va maxsus harbiy texnika bilan o‘rab olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing