Belarus yuzaga kelgan inqirozdan chiqish rejasini ma’lum qildi

Olam

image
Men ketsam tarafdorlarimni qiymalashadi – Lukashenko hokimiyatda uzoq qolib ketganini tan oldi north_east

Men ketsam tarafdorlarimni qiymalashadi – Lukashenko hokimiyatda uzoq qolib ketganini tan oldi

Belarus Hukumati Rossiya va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga mamlakatdagi inqirozni to‘xtatish rejasini taidim etdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, reja 28 avgust kuni YeXHT doimiy kengashining Venada o‘tgan maxsus yig‘ilishida taqdim etilgan. Unda 2022 yilgacha mamlakatda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish, Hukumat va parlament foydasiga Prezident hokimiyatini kuchsizlantirish, prezidentlik va parlament uchun qayta saylov o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda Belarus vakili konstitutsiyaviy islohot amaldagi Prezidentning 5 yillik muddati tugashidan avval saylov o‘tkazishning yagona yo‘li ekanini ta’kidlagan. U shuningdek, rasmiy Minsk muxolifat bilan muzokara olib borish niyatida emasligini, bu hokimiyatni topshirishni anglatishini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etilishicha, konstitutsiyaviy islohot milliy muloqot shaklida bo‘ladi. Siyosiy tizim liberallashtiriladi, Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkaziladi. partiyaviylik tizimi ham o‘zgaradi, partiyalar roli oshiriladi, saylov qonunchiligi ham yangilanadi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, barchasi umumxalq referendumida oydinlashadi.

Ma’lumot uchun, Belarusda 9 avgustdan beri prezidentlik saylovlari natijasiga qarshi namoyishlar o‘tkazilyapti. Muxolifat Prezident Aleksandr Lukashenkodan ketishini talab qilyapti. Bir oydan beri davom etayotgan namoyishlar tinch o‘tyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Belarusda namoyish

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing