Men ketsam tarafdorlarimni qiymalashadi – Lukashenko hokimiyatda uzoq qolib ketganini tan oldi
Olam
−
08 Sentabr 2020
9709Belarus Pezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbari lavozimida ko‘p qolib ketganini tan oldi. Ammo bu lavozimdan shunchaki ketmasligini ham bildirdi. Bu haqda u rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.
“Ehtimol, meni faqatgina televizordan emas, balki dazmol va choynakdan ham ko‘rsatayotgandi. Ha. Ammo hozir Belarusni faqat men himoya qila olaman”, deydi u ishonch bilan.
U prezidentlikdan shunchaki ketmasligini, bunday qilsa, uning tarafdorlariga zarar berishlari mumkinligini ta’kidladi.
“Men chorak asr Belarusni tartibga keltirdim. Bularning barini shunchaki tashlab ketmayman. Agarda men ketsam tarafdorlarimni qiymalashadi”, deya fikr bildirgan Belarus rahbari.
Shu bilan birga, u Konstitutsion islohot o‘tkazilsa, muddatidan avval saylovlar bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmadi.
U inson sifatida namoyishlardan ko‘ngli g‘ash ekanini, ammo ko‘pchilik 20 yil avval Belarus qanday bo‘lganini eslay olmasligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda bir oydirki namoyishlar davom etyapti. Namoyishchilar 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijasidan norozi. Saylovda mamlakatn 26 yildan beri boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi