Belarus yagona valyuta muomalasini yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi
Olam
−
02 aprel 2020
7505Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sobiq ittifoq davlatlari hududida yagona valyuta muomalasini kiritishni taklif qildi. Faqat u neytral bo‘lishi lozim. Davlat rahbari bu haqdagi fikrlarini BelTA axborot agentligi keltirmoqda.
"Bizda Rossiya bilan ittifoq davlat tuzish to‘g‘risida kelishuv bor. Ushbu shartnomaning bir dona bandini ham rad etmaymiz. Bugungi kunda muhokama qilinayotgan eng jiddiy qoidalarni ham qabul qilamiz. Aytaylik, bitta valyuta. Biz yagona valyutaga qarshi emasmiz, faqat u neytral valyuta bo‘lishi kerak. Rossiya rubli ham, Belarus rubli ham emas”, dedi Lukashenko.
Prezident ushbu valyutaning emissiya markazi qayerda bo‘lishi mumkinligi haqida avval ham gapirib o‘tganini esga soldi. “Qayerdaligi ham mayli, uni kim boshqaradi?”, deb ta’kidladi u. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, sobiq ittifoq parchalanganidan keyingi dastlabki yillarda belaruslar "rubl zonasidan shunchaki chiqarib yuborilgan".
"Shundan so‘ng biz sovet rublida qolib ketdik. Ular (Rossiya Federatsiyasi) rus rublini kiritishdi, biz shundan so‘ng o‘z pulimizni “chizdik”. Men buni takrorlashni xohlamayman. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, bizning suverenitetimiz qayerda qoladi?", deya ta’kidladi Belarus rahbari.
LiveBarchasi