Belarus viza rejimini soddalashtiryapti
Olam
−
20 Sentabr 2019
2657Belarus Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan viza rejimini soddalashtiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar beryapti.
Tegishli qaror Prezident Aleksandr Lukashenko tomonidan bugun, 20 sentyabr kuni qabul qilindi.
Minsk va Yevropa Ittifoqi 2014 yildan beri ushbu masalalar bo‘yicha maslahatlashmoqda. Hozirda hujjatning ikkinchi loyihasi bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunlangan.
O‘z navbatida, Belarus respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ikkala hujjat ham har tomonlama imzolanishi kerakligini ta’kidladi.
Iyul oyida Yevropa Ittifoqining Minskdagi elchisi Andrea Viktorin shartnomani 2020 yil 2 fevralgacha, YeIning viza kodiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirgunga qadar imzolanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklarga ko‘ra, Shengen vizasining narxi 60 dan 80 yevrogacha ko‘tariladi. Viza soddalashtirish to‘g‘risidagi hujjat kuchga kirgandan so‘ng, belorusliklar uchun Shengen vizasining narxi 35 yevroga tushadi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yanada uzoq muddatli vizalar beradilar va vizalarni bepul olishlari mumkin bo‘lgan fuqarolar toifalari soni kengayadi.
LiveBarchasi