Belarus vertolyotlari Polsha chegarasini kesib o‘tdi 

Olam

image

Kecha, 1 avgust kuni Belarus vertolyotlari Polsha havo hududini kesib o‘tdi. Bu haqda Polsha Milliy mudofaa vazirligi o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi.

Aniqlanishicha, 1 avgust kuni chegara yaqinida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Belarusning ikki vertolyoti Polsha havo hududini buzgan. Vaziyat yuzasidan Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashak Milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi yig‘ilishini chaqirgan.

Bildirilishicha, avvalroq Belarus Polsha tomonini mashg‘ulotlar haqida ogohlantirgan. Mudofaa vazirligi bayonotida chegara buzilishining Belovej qishlog‘i hududida juda past balandlikda sodir bo‘lgani, bu esa radar tizimlarining uni aniqlashini qiyinlashtirganini aytgan. 

Shuningdek, hisobotda NATOga voqea haqida xabar berilgani keltirilgan. Belarusning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Polsha Tashqi ishlar vazirligiga nima bo‘lganini tushuntirish uchun chaqirilishi qayd etilgan. 

Belarus Mudofaa vazirligi esa bunday ayblovlarni rad qilgan. Vazirlik Belarus Harbiy-havo kuchlari va Havo hujumidan mudofaa kuchlarining Mi-24 va Mi-8 vertolyotlari tomonidan Polsha chegarasi buzilganligi to‘qib chiqarilgani, Polsha harbiy-siyosiy rahbariyati Belarus chegarasi yaqinida kuchlar to‘planishini oqlash uchun shunday yo‘l tutganini da’vo qilgan. 

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak esa Belarus bilan chegarada harbiy mavjudligini kuchaytirish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Blashak chegaradagi askarlar sonini ko‘paytirish va qo‘shimcha kuchlar va vositalar, jumladan, jangovar vertolyotlar ajratishni buyurgan.

Ma’lumot uchun, Belarus beshta davlat – Polsha, Litva, Latviya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina bilan chegaradosh. Davlat chegarasining umumiy uzunligi – 3617 km, Minskdan Varshavagacha bo‘lgan masofa esa 550 km ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Belarus va Rossiya bilan chegarada sapyorlar bataloni tashkil etishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Polsha "Vagner" yollanma jangchilari va Belarusdagi Rossiya askarlarining faolligi fonida yaqin kelajakda muntazam armiyasini deyarli ikki baravar oshirish niyatida ekani aytildi. AQSH esa Polshani “Vagren”dan himoya qilishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing