Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarasida sapyorlar batalonini tuzyapti

Olam

image

Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashak mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Avgustov shahri yaqinida sapyorlar bataloni tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozdi. 

"Yaqinda Avgustovda sapyor bataloni tashkil etiladi. Bu biz noldan qurayotgan yana bir harbiy qism va sizni ishontirib aytamanki, oxirgisi emas", degan Blashak.

Vazirning aytishicha, yangi batalonning asosiy vazifasi sharqiy chegarani mustahkamlash va Suvalki yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Polsha Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Avgustovdagi bo‘linma 2022 yilda Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Polsha Qurolli kuchlarini mustahkamlash paketi doirasida yaratiladi. Unda NATOning sharqiy qanotidagi mavjud taktik tuzilmalarni mustahkamlash nazarda tutilgan

Shuningdek, Blashak polshalik askarlarni mamlakat xavfsizligining eng yaxshi kafolati deb bilishini qayd etgan. O‘tgan hafta hukumat xavfsizlik qo‘mitasida Polsha mudofaa vazirligi qo‘shinlarni mamlakatning g‘arbiy qismidan mamlakatning sharqiy qismiga, Belarus bilan chegaraga yaqinroq joyga ko‘chirishga qaror qilinganini, bu yerda “Vagner” ishtirokida manyovrlar o‘tkazish rejalari haqida xabarlar paydo bo‘lganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarani himoya qilishni kuchaytira boshlagandi. Bundan tashqari, u Belarus bilan chegarasidagi harbiy kontingentni kuchaytirishga qaror qildi. Keyinchalik Belarus armiyasining maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari Polsha chegarasi yaqinidagi “Brestskiy” poligonida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya chegara Pol'sha Belarus' sapyor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing