Belarus va Rossiya Ittifoqi YeIdan kuchliroq bo‘ladi – Lukashenko 

Olam

image

Belarus va Rossiya Ittifoqi Yevropa Ittifoqiga qaraganda kuchliroq, o‘ylangan va ilg‘or bo‘ladi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ta’kidladi. 

“Bu Ittifoq yanada rivojlangan va barqaror bo‘ladi. Birinchidan, chunki biz Yevropa Ittifoqining barcha xatolarini takrorlamaslikni hisobga olamiz. Shuningdek, biz uchun foydali bo‘lgan ijobiy tajribadan foydalanamiz. Ikkinchidan, biz yagona davlatdan — Sovet Ittifoqidan chiqdik, biz u yerda ko‘p harakat qilganmiz. Sovet o‘tmishidan nimani qoldirishni va kelajakda bizga nima foyda keltirmasligini bilamiz. Shunday qilib, bu yanada kuchli, o‘ylangan va ilg‘or Ittifoq bo‘ladi”, degan Lukashenko. 

Lukashenkoning aytishicha, Belarus-Rossiya integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar yagona iqtisodiy makonda ikki suveren davlatning mavjudligiga olib keladi. 

“Bu bizning Ittifoqimizning kelajagi. Ya’ni, biz Ittifoqni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yanada ko‘proq olg‘a siljishni, bu makonda bo‘layotgan jarayonlarni birlashtirishni istaymiz”, degan Belarus rahbari. 

Lukashenko yaqin besh yilda 28 ta ittifoq dasturini amalga oshirish vazifalari hal etilishini aytgan. 

“O‘ylaymanki, kelgusi besh yil ichida biz ushbu dasturlardagi vazifalarni hal qilamiz”, degan Prezident. 

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus va Rossiya integratsiyasi jarayoni hech qanday muddat yoki vaqt parametrlariga bog‘liq emas, balki progressiv bo‘ladi. 

“Biz o‘zimizga hech qanday muddat belgilaganimiz yo‘q — 2025, 2030 yoki qandaydir bir yil. Biz muammolarni hal qilib, bosqichma-bosqich boramiz”, degan u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi boshida Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlatining integratsiya qarorini imzolagandi.   

Ma’lumot o‘rnida, 1999 yil 8 dekabrda Rossiya va Belarus o‘rtasida Ittifoq davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Hujjatning 20 yilligiga qadar sohaning yo‘l xaritalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Keyin Moskva va Minsk ularni ittifoq integratsiyasi dasturlariga aylantirdi. Ularning aksariyati 2025 yilgacha, ba’zilari yesa 2027 yilgacha hisoblanadi. Moskva ham, Minsk ham ittifoq dasturlarida suverenitetni yo‘qotish bilan bog‘liq siyosiy masalalar yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko EI

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing