Belarus Ukrainaga urush ochadimi?

Olam

image

Belarus qo‘shni davlatlar bilan urushga kirmaydi va ular tomonidan noto‘g‘ri qadamlar bo‘lmasa, bunday qilmaydi. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni respublika Mudofaa vaziri Viktor Xrenin ma’lum qildi. 

“Biz ukrainaliklar u yoqda tursin, litvaliklar, polyaklar bilan ham jang qilishni xohlamaymiz. Agar xohlamasa va noto‘g‘ri qadamlar qo‘ymasa, urush bo‘lmaydi”, deydi Mudofaa vazirligi boshlig‘i. 

U Ukrainani Belarus tomonini g‘azablantirmaslikka va Minskdan kutilayotgan hujum haqida ma’lumot tarqatmaslikka chaqirdi. 

“Biz bugun ukrain qo‘shnilarimiz Belarus Respublikasi Qurolli kuchlari tomonidan tajovuzkor harakatlar sodir etilishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini qayd etdik. Gap biz tomonimizdan rejalashtirilgan hujum haqida davom etayotgan ma’lumotlar haqida ketmoqda. Bunga javobimiz bir xil edi va shunday bo‘lib qoladi: bizni g‘azablantirmang – biz siz bilan jang qilmoqchi emasmiz”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib oldi. Mamlakat fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukrainaning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish ekanini, ammo jarayon boshlanganini iddao qilgan. Shuningdek, u ikki davlatning qo‘shma mintaqaviy guruhi qayerga va nima uchun joylashtirilishiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq Ukrainaning Belarusdagi elchisi dabdurustdan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy Kiyev unga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqida nota topshirilgandi. Ammo bunga hech qanday asos keltirilmagan. Ukraina TIV esa bu harakatga munosabat bildirib, bunday iddao hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing