Belarus Ukrainadagi urushga qo‘shilishi mumkin
Olam
−
10 Oktabr 2022
13401Rossiya va Belarus qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“Ittifoq davlatining g‘arbiy chegaralarida vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan biz Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining mintaqaviy guruhini joylashtirishga kelishib oldik. Hammasi bizning hujjatlarimizga muvofiq. Agar tahdid xavfi amaldagi darajaga yetsa, biz hozirgidek Ittifoq davlati guruhidan foydalanishni boshlaymiz.
Men buni har doim aytganman, bu guruhning asosi Belarus Respublikasi armiyasi, qurolli kuchlaridir. Sizga shuni ma’lum qilishim kerakki, ushbu guruhni shakllantirish boshlandi. Menimcha, ikki kundan beri davom etmoqda. Mening ushbu guruhni shakllantirishni davom ettirish haqida buyrug‘im berildi”, deydi Lukashenko.
Lukashenko Ukrainaning Belarusga qarshi front ochishi harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish ekanini, ammo jarayon boshlanganini iddao qilgan. Shuningdek, u ikki davlatning qo‘shma mintaqaviy guruhi qayerga va nima uchun joylashtirilishiga oydinlik kiritmagan.
Qayd etish kerakki, Ukraina armiyasi hozirda mamlakat sharqi va janubida Rossiya harbiylariga qarshi kurashyapti va mamlakat yerlarini ozod qilishni davom ettiryapti.
Avvalroq Ukrainaning Belarusdagi elchisi dabdurustdan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy Kiyev unga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqida nota topshirilgandi. Ammo bunga hech qanday asos keltirilmagan. Ukraina TIV esa bu harakatga munosabat bildirib, bunday iddao hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko Belarus Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sida ishtirok etayotganini, biroq o‘z harbiylarini yubormayotganini, maqsad Belarusga zarba berishning oldini olish ekanini ayt
LiveBarchasi