Belarus Ukraina yaqinida aksilterror operatsiyasi rejimini joriy qildi
Olam
−
16 fevral
3592Belarusning Ukraina bilan chegaradosh Lelchitsi viloyatida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi. Bu haqda “Svetlaya jizn” gazetasi xabar berdi.
Hudud aholisidan xotirjamlikni saqlash va xavfsizlik kuchlarining talablariga bo‘ysunish so‘ralgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Lelchitsi tumani Ukrainaning Jitomir viloyati bilan chegarada joylashgan. Aholisi – taxminan 24 ming kishi.
Belarusda oxirgi marta bunday rejim 2022 yil oktyabr oyida joriy etilgan.
LiveBarchasi