Belarus Ukraina bilan chegarada tibbiy otryad ham joylashtirdi

Olam

image

Belarusning Ukraina bilan chegarasida respublika Qurolli kuchlarining maxsus maqsadli tibbiy otryadi joylashtirildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Belarus Qurolli kuchlari Bosh harbiy klinik tibbiyot markazining 432-maxsus tibbiy otryadi boshlig‘i Andrey Gurinovichning so‘zlariga ko‘ra, otryadning asosiy vazifasi harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Gurinovichga ko‘ra, shifoxona bo‘limi tashkil etilgan, unda barcha zarur shifokor va hamshiralar ishlaydi. Bundan tashqari, rentgen, ultratovush diagnostikasi va klinik laboratoriyaga ega diagnostika bo‘limi ishga tushirilgan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan yordam elementlari bilan tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin.

“Bu amaliyot o‘rmonda yoki daladagidan farq qiladi. Biz otryadni shahar chegaralarida joylashtiryapmiz, buning uchun allaqachon mavjud tuzilmalardan foydalanamiz. Bizning asosiy vazifamiz Belarus Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligiga jalb qilingan harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus o‘z tanklarini Ukraina chegarasiga joylashtirgan edi. Aleksandr Lukashenko Belarus harbiylari armiyaning deyarli uchdan bir qismini Ukraina bilan chegaraga o‘tkazganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing