Belarus tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchradi – Moody's

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 14 iyul kuni Belarus tashqi qarz majburiyatlarini bajara olmadi. Bu haqda Moody's xalqaro reyting agentligi xabar berdi.

Bir kun avval mamlakat Belarus-27 yevroobligatsiyalari bo‘yicha 22,9 million dollar to‘lashi kerak bo‘lgan muddat tugagan. Biroq, Belarus Moliya vazirligi ushbu to‘lovni milliy valyuta – Belarus rublida amalga oshirgan va shuning uchun obligatsiyalar egalari o‘ziga tegishli to‘lovlarni olmagan.

600 million dollarlik 10 yillik Belarus-27 yevroobligatsiyalari emissiyasi 2017 yil iyun oyida joylashtirilgan. Egalariga yillik 7,625 foiz daromad va’da qilingan. Xalqaro moliya bozorlarida Belarus yevroobligatsiyalarining umumiy qiymati 3,25 mlrd dollar bo‘lgan beshta emissiyasi joylashtirilgan.

28 iyun kuni Belarus Rossiyadan keyin tashqi qarz majburiyatlarini milliy valyutada qaytarishga o‘tayotganini e’lon qildi. 22 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashqi davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 27 iyun kuni Moody's Rossiyaning yevrobondlar bo‘yicha defoltini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' tashqi qarz

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing