Belarus SHHT doirasidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shildi
Olam
−
13 iyul 2023
2378Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko “Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat respublika milliy huquqiy portalida e’lon qilindi.
Qonun Belarusning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish jarayoni doirasida 22 ta bitim, konvensiya va shartnomaga qo‘shilishini nazarda tutadi.
“SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida bojxona ishlari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida”gi shartnoma, “SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma, “SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida chegara masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qator kelishuvlar shular jumlasidandir.
Belarus Vazirlar kengashiga Minskning xalqaro shartnomalardagi ishtirokini rasmiylashtirish va ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish uchun zarur choralarni ko‘rish topshirilgan. Qonun Belarus Milliy majlisi vakillar palatasi va respublika kengashi tomonidan ham ma’qullangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston raisligida onlayn formatda bo‘lib o‘tgan 23-sammit chog‘ida Belarusning tashkilotga a’zo bo‘lish majburiyati to‘g‘risidagi memorandumni imzolagandi.
LiveBarchasi