Belarus SHHT davlatlari bilan xavfsizlik masalasini muhokama qilmoqchi
Olam
−
21 may
2346Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik Ostonada bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida diplomatik idoralar rahbarlarini kuzda Minskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro xavfsizlik anjumanida ishtirok etishga taklif qildi.
“O‘tgan yilgi [xavfsizlik bo‘yicha] uchrashuvning muvaffaqiyatli natijalaridan kelib chiqib, biz shu yilning oktyabr oyi oxiri – noyabr oyining boshida Yevrosiyo xavfsizligi bo‘yicha navbatdagi xalqaro konferensiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, sizni unda ishtirok etishga taklif qilaman. Ishonchim komilki, SHHT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Yangi xavfsizlik konsepsiyasi” muhokama va targ‘ibotga loyiq, jumladan, Minskda ham”, degan vazir.
Belarus shu yil yozda to‘laqonli a’zo bo‘ladigan SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashida ilk bor ishtirok etayotgan Aleynik, 2023 yil oktyabr oyida Minskda bo‘lib o‘tgan “Yevrosiyo xavfsizligi: o‘zgaruvchan dunyoda voqelik va istiqbollar” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatiga SHHTga a’zo ko‘plab davlatlar vakillari hissa qo‘shganini aytdi.
Bugungi kunga qadar Minsk Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zolari bo‘lgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni yakunladi. 2015 yildan buyon tashkilot huzurida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Belarusni qabul qilish tartibi 2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida boshlangan edi. Minskning SHHTga to‘laqonli a’zoligini rasmiylashtirish tashkilotning 4 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida yakunlanishi kutilmoqda.
LiveBarchasi