Belarus Polsha chegarasida Xitoy bilan harbiy mashg‘ulot boshladi (video)

Olam

image

Belarus Mudofaa vazirligi NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan Polsha chegarasidan atigi bir necha mil narida Xitoy bilan harbiy mashg‘ulotlar boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
 

11 kun davom etadigan ushbu harbiy mashg‘ulotlar NATOning Vashingtondagi 75 yilligiga bag‘ishlangan sammiti arafasida start oldi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, terrorizmga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari doirasida har ikki davlat harbiylari tungi sharoitda havodan qo‘nish, suv to‘siqlarini yengib o‘tish, aholi gavjum hududda operatsiyalar o‘tkazish masalalarini ishlab chiqadi.

“Dunyodagi vaziyat murakkab, shuning uchun biz taktik vazifalarni bajarishning yangi shakllari va usullarini o‘rganganimizdan so‘ng, mashg‘ulotlar davomida ularni mustahkamlaymiz. So‘nggi yillarda o‘rganilgan barcha yangi narsalarni hisobga olgan holda, biz qo‘shma bo‘linma qanday operatsiyalarni amalga oshirishini tanishtiramiz, ko‘ramiz va bilmaganlarimizni o‘rganamiz”, degan maxsus operatsiyalar qo‘shini qo‘mondoni general-mayor Vadim Denisenko.

Xitoy Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, kuchlar, shuningdek, garovga olinganlarni qutqarish operatsiyalarini ham o‘tkazadi.

“Qo‘shma mashg‘ulotlar ishtirokchi qo‘shinlarning harbiy imkoniyatlarini oshirish va ikki armiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu mudofaa sohasidagi aloqalarning o‘sib borayotganini aks ettiruvchi ilk mashg‘ulotdir. “Eagle Assault 2024” nomli 11 kunlik harbiy tayyorgarlik Polsha yaqinidagi Brest viloyatida joylashgan o‘q otish poligonida start olgan.

Ma’lumot uchun, Belarus Markaziy Osiyo va kengroq mintaqadagi xavfsizlik muammolarini muhokama qilish uchun 2001 yilda Xitoy va Rossiya tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarus bilan chegarasini himoya qilish uchun 2,5 milliard dollar sarflashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Xitoy Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made