Belgiyada inson suyaklaridan barpo etilgan devor topildi

Olam

image

Belgiyaning Gent shahrida olib borilgan qazishmalar paytida arxeologlar inson suyaklari bilan qoplangan devorni topdi. Bu haqda “Brusselstimes” xabar bermoqda.

Devor asosan kattalar oyoqlarining suyaklaridan iborat bo‘lib, ularning orasidagi bo‘shliq bosh suyaklar bilan to‘ldirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qoldiqlar XV asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Arxeologlar "suyak devori"ning qurilishini XVII-XVIII asrlarga bog‘lamoqda.

Olimlar devorlar cherkov qabristonini tozalash paytida, yangi dafn qilish uchun joylar bo‘shatilganda qurilgan deb taxmin qilishmoqda. Tadqiqotchilardan biri Janiquye de Grisening aytishicha, qabristonlarni tozalashda suyaklarni shunchaki tashlab yuborish mumkin emas, shuning uchun ular skelet qoldiqlarini saqlash uchun maxsus joylar qurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya Devor

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing