Belgiya poytaxtida yuzlab afg‘onistonliklar namoyishga chiqdi (video)

Olam

image

Bugun, 18 avgust kuni yuzlab afg‘onistonliklar Belgiyaning poytaxti Bryussel markazida Afg‘onistonda bo‘layotgan voqealarga e’tiborni qaratish, shuningdek, afg‘on qochqinlari muammosini e’lon qilish uchun mitingga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, aksiya Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari joylashgan Shuman maydonida bo‘lib o‘tmoqda.

“Prezident Ashraf G‘ani bizga qaytarilishini istaymiz”, deydi Afg‘oniston Islom Respublikasi bayrog‘ini ko‘tarib olgan yigit.

Afg‘onistonning sobiq Prezidenti G‘anining o‘zi esa Qobul “Tolibon” qo‘liga o‘tgach, mamlakatdan qochib ketdi. Ayni vaqtda u Birlashgan Arab Amirliklarida boshpana topgan.

Bryusseldagi namoyishchilar “Tolibon” Afg‘onistondagi dunyoviy davlatni bir kecha-kunduzda dafn qilishi hamda AQSH va NATO ishtirokidagi so‘nggi 20 yillik urush behuda ketishini aytmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrini jangsiz egalladi. Mamlakat Prezidenti Ashraf G‘ani o‘sha kuni iste’foga chiqqanini e’lon qildi. U o‘zining ushbu qarorini mamlakat bo‘ylab qon to‘kilishining oldini olish, deya izohlagan.

Qayd etish kerakki, hokimiyatga toliblar kelganidan keyingi dastlabki kunlarda Qobul aeroportida tartibsizlik hukm surdi: odamlar diplomatik xodimlarni mamlakatdan olib ketayotgan xorijiy samolyotlarga hujum qildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bir necha kishi samolyot bortidan yiqilib vafot etgan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakat poytaxti sekin-asta avvalgi hayotga qaytayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga “Tolibon” Afg‘oniston fuqarolaridan barcha qurol-yarog‘ va o‘qdorilarni topshirishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing