Ashraf G‘ani iste’foga chiqdi. “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga oldi

Olam

image

Afg‘oniston jiddiy siyosiy o‘zgarishlar chorrahasida turibdi. Bugun, 15 avgust kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani rasman iste’foga chiqdi.

Mamlakatning Muvaqqat hukumatini Ali Ahmad Jaloli va Mulla Abdul G‘ani Barodar (“Tolibon” vakili) boshqaradi.

Ba’zi nashrlar esa Ashraf G‘ani hozircha iste’foga chiqmaganini, bu borada maslahatlashuvlar davom etayotganini yozmoqda.

Deyarli bir vaqtning o‘zida "Tolibon" butun Afg‘oniston bo‘ylab nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda Qobul ko‘chalarida tirbandliklar yuzaga kelganini ko‘rish mumkin. Odamlar Qobul aeroporti tomon oqib borayotgani aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Ashraf G‘ani ham o‘z maslahatchilari va vazirlar bilan aeroportga borgan. Biroq ularga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmagan.

Ma’lumot uchun, "Tolibon" birinchi marta (1996-2001 yillar) Afg‘onistonda hokimiyatga kelganida mamlakatni Afg‘oniston Islom Amirligi deb nomlagan. Harakat mamlakatni hamon shu nom bilan ataydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing