Bektemirda erkak o‘zini elektr uzatish konstruksiyasidan tashlamoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 10 iyul kuni Toshkentning Bektemir tumanida erkak yuqori kuchlanishli elektr uzatish metall konstruksiyasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 10 iyul kuni Bektemir tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga “Quyliq” bozori hududida, noma’lum shaxs o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, xodisa joyiga ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar hamda tez tibbiy yordam xizmatlari yetib borgan. Birinchilar qatorida yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori katta leytenant Ulug‘bek Abdanbekov vaziyatga tezda baho berib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro bilan muloqotga kirishgan va hayotini xatarga qo‘yib, yuqoriga ko‘tarila boshlagan. Biroq, fuqaro turli xil talablar qo‘yib, xodimda shubha uyg‘otgan.

Ulug‘bek Abdanbekov fuqaro bilan muzokaralar davomida, temir konstruksiya quyosh nurlari ostida qizib, uning qo‘llarini kuydira boshlaganligi sababli, soyali joy qidirayotganligini ko‘radi. Mavjud xavf-xatarga qaramay, profilaktika inspektori elektr uzatish liniyasining ustuniga chiqishni davom ettiradi va fuqaroning pastga tushishiga yordam berib, uning hayotini saqlab qoladi.

Surishtiruv davomida elektr ustunga chiqib olgan fuqaro 49 yoshli G‘ayratjon M. ekani ma’lum bo‘lgan. U bir kun avval do‘stlari bilan spirtli ichimliklar iste’mol qilib, bozorga qanday va nima uchun kelganini hamda elektr ustunga nima sababdan chiqib olganini eslay olmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing