Bektemir Meliqo‘ziyevning jangi muddatidan avval yakunlandi

Sport

image

Bugun, 21 aprel tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

AQSHning Nyu-York shahrida “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan katta professional boks oqshomida 28 yoshli Meliqo‘ziyev fransiyalik yengilmas Per Yuber Dibombega qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozondi.

10 raund etib belgilangan jangning 7 raundi yakunlangach, jang to‘xtatildi. Gap shundaki, Meliqo‘ziyevning qoshidagi jarohati jiddiyligi bois shifokorlar unga bahsni davom ettirishga ruxsat bermagan.

7 raund yakunlariga ko‘ra, Meliqo‘ziyev ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, profboksdagi 14-g‘alabasini tantana qildi va o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Intercontinental kamarini munosib himoya qildi. Uning 32 yoshli raqibi Dibombe esa profringdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing