Bekobodda birdaniga 28 ta masjid qurilmoqda
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
7549Toshkent viloyatida birdaniga 28 ta masjid yangidan zamonaviy loyihalar asosida qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Bekobod tumani Zafar shaharchasi bo‘yida joylashgan “Dalvarzin” jome masjidi shu paytgacha ko‘rimsiz bir joyda – yo‘l bo‘yidan ichkariroqdagi burchakda joylashgan edi.
Bekobod tumani hokimining qarori bilan masjid uchun qo‘shimcha 35 sotix yer maydoni ajratilib, katta yo‘l bo‘yida yangidan qurilmoqda. Natijada 50 sotix maydonda mahalliy aholi va yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘rkam ibodat va ma’rifat uyi qad ko‘taradi
Kecha, 3 sentyabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov boshchiligida imomlar, keksa nuroniylar, masjid faollari duolar bilan masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yishdi.
Loyihaga ko‘ra, sig‘imi 700-750 kishiga mo‘ljallangan asosoiy xonaqoh, 27 metrlik minora, kutubxona, tahoratxona, xizmat xonalari, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda keng avtoturargoh masjidning umumiy tuzulishini tashkil etadi.
LiveBarchasi