Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov ozod qilindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sobiq mulozimlar yetkazilgan zararni qoplagani munosabati bilan ozod qilindi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, davlat manfaatlariga 186 milliard so‘mdan ortiq zarar keltirgan Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamenti sobiq rahbari Rustam Tursunov doxil 7 nafar mulozim kecha, 15 aprel kuni kechqurun ozodlikka chiqarilgan.  

“Zararni qoplagani munosabati bilan ozod qilingan rahbarlarga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi 60 dan ortiq boshqa ayblanuvchilarda haqli norozilikka sabab bo‘lmoqda.  Voqealar rivojini kuzatamiz va rasmiylardan ikki enlik izoh kutamiz”, deydi Abdurahmon Tashanov.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki mulozimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida Prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bekmurod Abdullaev Rustam Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing