Bekkenbauer futbol bilan yashab, uni san’at darajasiga ko‘targan – Klichko
Sport
−
09 yanvar
2403Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vitaliy Klichko germaniyalik afsonaviy futbolchi Frans Bekkenbauer vafoti munosabati bilan hamdardlik bilidirib, Telegram sahifasida afsonaviy to‘p ustasi haqida fikrlarini bulishdi.
“Frans Bekkenbauer vafot etdi. Jahon futbolida bir davr o‘tdi. Akam va men Fransni bilardik va ko‘p yillar davomida do‘st edik. Ajoyib mutaxassis va katta qalbga ega inson. Ochiq, mehribon, hamdard odam edi. Uni Kayzer Frans deb atashgan. U futbol bilan yashab, uni san’at darajasiga ko‘targan. Muxlislar esa futbolda kim kuchliroq – Pelemi yoki Bekkenbauermi, deb yillar davomida bahslashgan”, deydi Klichko.
Bekkenbauer Germaniya terma jamoasi bilan bir martadan jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u 2 marta (1972 va 1976 yillarda) “Oltin to‘p” sovrinini, 3 marta Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u 4 marta Germaniya kubogida g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekkenbauer 78 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Frans yakshanba kuni uyqusida, oilasi qurshovida tinchgina ko‘z yumgan.
LiveBarchasi