Behayo qiliqlari bilan tanilgan tiktoker qamaldi
3-sahifa
−
24 fevral
52614Qashqadaryo viloyatida "Sardor gangster" taxallusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilib kelgan Sardor Safarboyev 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro Sardor Safarboyev Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
"Sardor gangster" 1998 yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan bo‘lib, o‘zining TikTok va YouTube'dagi behayo videolari orqali jamoatchilikka tanilgan.
U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
2024 yil 23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan Sardor Safarboyevning shikoyati apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi