Bayrut portida yana yong‘in chiqdi

Olam

image

Livan poytaxti Bayrut portida bugun, 10 sentyabr kuni yangi yong‘in sodir bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, 4 avgust kuni portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida kuchli yong‘in sodir bo‘lmoqda.  

Yong‘in sabablari noma’lum. Hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinalari yuborilmoqda. Ishchilar shoshilinch ravishda port hududidan chiqib ketishgan. 

Al-Arabiya telekanalining xabar berishicha,  yong‘in dengiz porti hududida joylashgan avtomobil shinalari va yoqilg‘i-moylash materiallari omborida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni poytaxt Bayrutdagi port yaqinidagi kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada 182 kishi halok bo‘ldi va kamida olti ming kishi jarohat oldi. 

Portlash kuchi ta’sirida shaharning yarimi zarar ko‘rdi. Fojia epimarkaziga yaqin hududlarda binolar vayronaga aylandi va 300 mingdan ko‘p odam boshpanasiz qoldi.

Livan prezidenti Mishel Aunning aytishicha, portdagi omborda 2 750 tonna portlovchi ammiakli selitra saqlangan. 

Bosh vazir Hasan Diab 5 avgustni “Milliy motam kuni” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayrut

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing