Bayram munosabati bilan pensiyalar 1 sentyabrgacha to‘lab beriladi
Jamiyat
−
28 avgust 2024 19312 1 daqiqa
Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari 1 sentyabrgacha to‘lab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1 sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-108-son)ga muvofiq joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi ta’minlanadi. Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4 sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025