Baydenning yoniga qurol bilan kirmoqchi bo‘lgan ayol hibsga olindi

Olam

image

AQSHda Oq uy yaqinida politsiya xodimlari mashinasida to‘pponcha borligi aniqlangan ayolni hibsga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralariga tayanib xabar berilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 66 yoshli ayol AQSH prezidenti Jozef Baydenga xat berish uchun uning qarorgohi hududiga kirishga uringan. 

Shuningdek, ayolning yonida pnevmatik quroli bo‘lgan kishi ham o‘tirgan. 

Ta’kidlanishicha, hibsga olingan shaxs allaqachon AQSHning birinchi shaxslarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Maxfiy xizmatga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing