Baydenning o‘g‘liga 25 yillik qamoq xavf solmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden noqonuniy ravishda qurol sotib olish va saqlashda ayblanmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Hanter Baydenga qo‘yilgan ayblovning ikkita bandi 2018 yilda u to‘pponcha sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolg‘on gapirgani bilan bog‘liq. Uchinchi bandda esa Hanter Bayden giyohvand moddalarni iste’mol qilgan davrda o‘qotar qurolga ega bo‘lgani da’vo qilinmoqda. Ikkala holat ham federal jinoyat sanaladi.

“The New York Times” gazetasining yozishicha, agar aybdor deb topilsa, Hanter Bayden 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Hanter Baydenga nisbatan tergov 2018 yilda boshlangan. 2023 yil yozida Prezidentning o‘g‘li AQSH Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Hanter Bayden 2017-2018 yillarda sodir etilgan ikkita soliq qonunbuzarligi bo‘yicha aybini tan olishi kerak edi. Buning evaziga unga qarshi qurollarni noqonuniy saqlash ayblovlari ikki yildan keyin olib tashlanardi. Biroq joriy yilning 26 iyul kuni kelishuv sud tomonidan tasdiqlanmadi va ish bo‘yicha maxsus prokuror Devid Vays bu masala bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va to‘xtatilganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Baydenlar oilasi a’zolari – Xanter, Jeyms va Xalle Baydenlar hamda ularning kompaniyalari 2015 yildan 2017 yilgacha Xitoyning State Energy HK Limited kompaniyasidan 1,3 million dollar pul olgani aniqlangandi. Shuningdek, Xanter Bayden rossiyalik, qozog‘istonlik hamda ukrainalik tadbirkorlardan pul olgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden Hanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing