Baydenning reytingi rekord darajada tushib ketdi
Olam
−
28 aprel 2023
12767AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenning reytingi mamlakat tarixidagi eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda Gallup tadqiqot xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida so‘z bordi.
Gallup veb-saytida e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, Oq uyning amaldagi rahbarining reytingi 37 foizga tushib ketgan.
Markaz so‘nggi bir yarim yil ichida siyosatchining reytingi 40 foiz darajada bo‘lganini eslatgan. O‘tgan yilning iyul oyida esa bu reyting 38 foizga tushgan.
Tashkilot oxirgi so‘rovini 2023 yil 3-25 aprel kunlari o‘tkazganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning reytingi mamlakatda pensiya islohoti sabab bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida so‘nggi to‘rt yildagi eng past darajaga tushgan edi.
LiveBarchasi