Baydenning memuarlari ilk bor rus tilida nashr etiladi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning “Va’dalarni bajarish: hayotda va siyosatda” nomli memuarlari ilk bor joriy yilning aprel oyida Rossiyada rus tilida nashr etiladi. Bu haqda “Eksmo” nashriga asoslanib xabar berilgan. 

Amerikalik siyosatchining memuarlari birinchi marta 2007 yil, senatorlik paytida yozilgan. Unda demokrat oilasi, prezidentlik saylovlari, vitse-prezidentlik lavozimi va boshqa narsalar haqida gapirgan. 

Shuningdek, Baydenning rafiqasi Jill Baydenning “Yorug‘lik kirib boradigan joyda: oila qurish, o‘zingizni kashf etish” nomli kitobi 2021 yilning may oyida kitob do‘konlariga chiqishi kutilmoqda.

Mart oyida esa AQSHning saylangan vitse-prezidenti Kamola Xarrisning “Biz kuzatgan haqiqatlar: Amerika yo‘li” asari rus tilida nashr etiladi. Ushbu kitobda uning Kaliforniya Bosh prokurorligi davri haqida gap boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden memuar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing