Baydenning Kongressda ilk prezidentlik nutqi qachon bo‘ladi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Prezident Jo Baydenni 28 aprel kuni Amerikaning qonun chiqaruvchi ikki palatasi oldida nutq so‘zlashga taklif qildi.  

"Sizga 28 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Kongressning qo‘shma majlisida nutq so‘zlashingiz, muammolarni hal qilish va ushbu tarixiy lahzalarning imkoniyatlarini anglab yetish bo‘yicha o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashishga taklif qilish uchun yozyapman", degan Pelosi Baydenga yo‘llagan maktubida. 

Ushbu hujjat matni Spikerning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan. 

Keyinchalik Oq uy vakili Bayden Vakillar palatasi Spikerining taklifini qabul qilganini tasdiqlagan. 

"Prezident davlat rahbari sifatida ishlaganining yuzinchi kuni arafasida, 28 aprel kuni Kongressning qo‘shma majlisida nutq so‘zlash uchun taklifni qabul qildi", deyilgan Oq uy rasmiy bayonotida. 

Ta’kidlanishicha, 28 aprel kuni Bayden Prezident sifatida Kongressda ilk bor nutq so‘zlaydi. 

"The Hill" gazetasining ta’kidlashicha, odatda AQSH Prezidentlari lavozimiga kirishganidan keyin bir necha hafta ichida Kongress oldida nutq so‘zlagan. Baydenning nutqi esa pandemiya fonida kechiktirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Baydenning prezidentlik davridagi ilk matbuot anjumani ham kechikkan, ya’ni u prezidentligining 65-kunida jurnalistlarning savollariga javob bergandi. Bu AQSH tarixida yangi davlat rahbarining eng kechikkan matbuot anjumani bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kongress Bayden

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing