Baydenning buyrug‘i bilan AQSH Suriyaga havo hujumi uyushtirdi 

Olam

image

Kecha, 25 fevral kuni AQSH harbiylari Suriyadagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi qurolli guruhlar pozitsiyasiga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda "Reuters" Oq uydagi ikki manbaga asoslanib xabar bergan. 

Suhbatdoshlarning aniqlik kiritishicha, hujum Iroqdagi Amerika ob’ektlariga qilingan qator hujumlarga javoban qilingan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarbani amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan ma’qullangan. 

Pentagon rahbari Lloyd Ostin belgilangan maqsadlarga erishilganiga ishonch bildirgan. 

Pentagon Matbuot kotibi Jon F. Kirbiga ko‘ra, hujum natijasida chegara punktida bo‘lgan bir nechta ob’ekt yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya

Baholaganlar

871

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing