Baydenga qarshi impichment rezolyutsiyasi kiritildi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi Respublikachilar partiyasi a’zolari AQSH Prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilish maqsadida tergovni davom ettirishga ruxsat beruvchi rezolyutsiya matnini e’lon qildi. 

Qarorda nazorat va javobgarlik, daromadlar va xarajatlar qo‘mitalari hamda huquq qo‘mitasiga impichment bo‘yicha ish yuritishni davom ettirish topshirilgan.

Hujjat matniga ko‘ra, Vakillar palatasi impichment uchun yetarli asos mavjudligini tekshirishi kerak.

Qarorda Vakillar palatasi impichment e’lon qilish uchun konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishi uchun yetarli sabab bor-yo‘qligi so‘raladi.

Hujjat 12 dekabr kuni ko‘rib chiqiladi, unga ovoz berish jarayoni esa ertasi kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. 

Rezolyutsiya AQSH qonun chiqaruvchi organi quyi palatasiga kongressmen Kelli Armstrong (Shimoliy Dakota shtatidan) nomidan taqdim etilgan. 

Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson, avvalroq, Oq uy Jo Baydenga qarshi impichment jarayoni doirasida tergovga to‘sqinlik qilayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Jo Baydenga impichment bo‘yicha tergov boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

impichment Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing