Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etildi
Olam
−
12 avgust 2023
7491AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zosi Greg Styubi (Florida shtatidan saylangan respublikachi) Kongressda mamlakat yetakchisi Jo Baydenni prezidentlik lavozimini obro‘sizlantirish va qonun ustuvorligini buzganlikda ayblab, unga impichment e’lon qilish masalasini ko‘tardi. Bu haqda kecha, 11 avgust kuni kongressmen o‘z saytida yozma bayonot berdi.
"Jo Baydenga impichment e’lon qilish vaqti allaqachon o‘tgan. U o‘z ma’muriyatining yaxlitligiga putur yetkazdi, prezidentlikni obro‘sizlantirdi, prezident sifatida unga bildirilgan ishonchga xiyonat qildi va amerikaliklar zarariga qonun ustuvorligi hamda adolatni buzdi. Baydenlar oilasi Baydenning davlat lavozimlaridan shaxsan pora, tahdid va firibgarlik yo‘li bilan foyda ko‘rgan. Jo Baydenning Oq uyda o‘tirishiga va mamlakatimizni sotishda davom etishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb yozgan qonun chiqaruvchi.
Aytish joizki, bu Baydenning impichmenti haqidagi maqolaning AQSH Kongressiga birinchi marta taqdim etilishi emas. Respublikachilar Marjori Teylor Grin va Loren Bobert ilgari ham bu tashabbus bilan chiqqan. Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti ham impichment jarayonini boshlash niyati borligini ma’lum qilgan. Uning fikricha, bu Bayden va oilasining korrupsion sxemalarga aloqadorligi haqidagi haqiqatni aniqlashning yagona yo‘li. Biroq, bu niyatlarni hayotga tatbiq etish uchun hozircha hech qanday choralar ko‘rilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Baydenlar oilasi a’zolari – Xanter, Jeyms va Xalle Baydenlar hamda ularning kompaniyalari 2015 yildan 2017 yilgacha Xitoyning State Energy HK Limited kompaniyasidan 1,3 million dollar pul olgani aniqlangandi. Shuningdek, Xanter Bayden rossiyalik, qozog‘istonlik hamda ukrainalik tadbirkorlardan pul olgani aytildi.
LiveBarchasi