Baydenda yana koronavirus aniqlandi

Olam

image

Yaqindagini koronavirusdan tuzalgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning COVID-19’ga topshirgan testi yana ijobiy chiqdi. Bu haqda uning shaxsiy shifokori Kevin O’Konnor tarqatgan bayonotda keltirilgan. 

Shifokorga ko‘ra, ayni paytda davlat rahbarida kasallik belgilari unchalik aniq emas.

“Prezident bugun o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U vaqti-vaqti bilan yo‘talyapti, ammo ahvoli yaxshilanmoqda. Ertalab o‘tkazilgan antigen testi yana ijobiy natija berdi”, deyiladi bayonotda.

Shifokorning aytishicha, Baydenning qon bosimi va tana harorati normal. 

“Uning o‘pkasi hali ham toza”, deyiladi O’Konnor bayonotida. 

Qayd etilishicha, Bayden izolyatsiyada qoladi va bu davrda ham o‘ziga yuklangan barcha vazifalarni masofadan turib to‘liq bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni tongda 80 yoshga yaqinlashgan Jo Baydenda koronavirus aniqlangandi. Shundan so‘ng u besh kun davomida Paxlovid’ni qabul qildi. Natijada Baydendagi COVID-19 alomatlari butunlay yo‘qoldi. 26 iyul kuni kechqurun va bugun, 27 iyul kuni tongda COVID-19’ga topshirgan testi natijasi salbiy chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Bayden

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing