Bayden Jorj Floyd o‘limiga 2 yil to‘lgani munosabati bilan farmon imzoladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden afroamerikalik Jorj Floydning shov-shuvli o‘ldirilishining ikki yilligi munosabati bilan politsiyani insonparvarlashtirish va javobgarlikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar to‘plamini isloh qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.  

“Farmon uzoq vaqtdan beri aytilgan va nihoyat federal darajada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘z ichiga oladi. Va bu juda muhim davrda sodir bo‘lmoqda. Ishonchni mustahkamlash orqali biz jamoat xavfsizligini mustahkamlaymiz va jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurasha olamiz. Yana bir narsa, biz birga ishlaganimizda nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatamiz”, degan Bayden imzolash marosimida. 

Farmonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi umummilliy ma’lumotlar bazasini yaratish ko‘zda tutilgan, ko‘krak qafasi kameralaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan, bo‘g‘ish taqiqlangan, o‘ta og‘ir hollar bundan mustasno, turar-joy binolariga oldindan ogohlantirmasdan bostirib kirish amaliyoti va harbiy texnikani politsiyaga topshirish cheklangan. 

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ayrim irqlar, etnik va boshqa guruhlar vakillariga nisbatan “noto‘g‘ri qarashlar”ni yo‘q qiladigan o‘quv kurslaridan o‘tishi kerak bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd sobiq politsiyachi tomonidan o‘ldirilgan. Internetda sobiq politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Floyd

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing