Bayden Janubiy Koreya bilan Pxenyanning yadroviy tahdidining oldini olish uchun yangi hamkorlikka kirishdi
Olam
−
26 aprel 2023
536026 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol Oq uyda Shimoliy Koreyaning raketa va bomba arsenalining ortib borayotganidan xavotirda yadroviy kuchayishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Bugun biz mustahkam ittifoqni, kelajagimiz haqidagi umumiy tasavvurni va chuqur do‘stlikni – Koreya Respublikasi va AQSH do‘stligini nishonlaymiz”, degan Bayden Yunni Oq uyda kutib olish marosimida.
O‘z o‘rnida, Prezident Yun Oval kabinetda Bayden yonida o‘tirib, Xitoy va Rossiyani tajovuzkor siyosati uchun tanqid qilgan.
“Janob Prezident, status-kvoni kuch bilan o‘zgartirishga urinishlar, ta’minot zanjirining parchalanishi va uzilishi, oziq-ovqat va energiya xavfsizligidagi muammolar global tinchlik va barqarorlikka tahdid solmoqda”, degan Koreya rahbari.
Bayden va Yun Janubiy Koreya yetakchisining so‘nggi o‘n yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi rasmiy davlat tashrifidan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga ogohlantirish yuborish uchun foydalangan.
Ittifoqchilar Shimoliy Koreyaga diplomatiya bilan shug‘ullanish uchun yangi da’vat qilsalarda, Vashington kuch ko‘rsatish uchun Janubiy Koreyaga harbiy texnologiyalarni, shu jumladan, ballistik raketa suv osti kemasini joylashtiradi. Mazkur holat 1980 yillardan beri bunday suv osti kemalarining birinchi marta chet davlatga joylashtirilishi bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, Vashington Yunning Ukraina masalasida yordam berishga va AQSHning shimoli-sharqiy Osiyodagi boshqa asosiy ittifoqchisi Yaponiya bilan yaqinlashishga intilishiga, shuningdek, u prezidentlikka kelganidan beri Koreyaning AQSHga texnologiya sarmoyalari to‘lqini oshib, hozirda bu mablag‘ 100 million dollarga yaqinlashib qolganiga mehr bilan qaraydi.
LiveBarchasi