Bayden yuz kunda 100 mln kishi emlanishiga va’da berdi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden ish boshlagan ilk 100 kun ichida koronavirus pandemiyasi bilan kurashish bo‘yicha o‘z rejasini bayon qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.

Demokratning so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati ish boshlaganidan keyingi dastlabki 100 kun ichida 100 million emlashni amalga oshiradi. 

“Biz 100 kun ichida kasallikning yo‘nalishini boshqa tomonga burib, Amerikadagi hayotni yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz”, deydi u.

Bundan tashqari, Bayden niqob taqishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklifini takrorladi. Tibbiy niqob taqish barcha federal hukumat binolari va jamoat transportida majburiy bo‘lishi kerakliginin yana bir bor eslatdi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda AQSH dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Qo‘shma Shtatlarda 15 million 591 709 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 9 million 087 069 kishi kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 293 398 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina Bayden

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing