Bayden vazirlik lavozimlariga nomzodlarni taqdim etdi

Olam

image

AQSHda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan demokrat Jozef Bayden kecha, 11 dekabr kuni Delaver shtatidagi Uilmington shahrida bo‘lajak ma’muriyatdagi vazirlik lavozimlariga nomzodlarni taqdim etib, uning barcha taklif qilgan shaxslari tajriba va yangicha fikrlashga ega ekanini ta’kidladi. Bu haqda bir qator Amerika OAVlari xabar bermoqda.

“Nomzodlarning ba’zilari taniqli shaxslar, ba’zilari birinchi marta muhim lavozimlarni egallashadi. Ularning barchasi mutlaqo yangi sharoitda ishlaydi va mamlakat oldida turgan yangi muammolarga javob bera oladi. Ularning barchasi tajriba va yangicha fikrlashga ega. Ammo eng muhimi nomzodlar boshqaruv tizimi qanday ishlashi kerakligini yaxshi biladi”, deydi Bayden.

Bayden Tom Vilsakni AQSH Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Vilsak ikki muddat Ayova shtati gubernatori, Barak Obama ma’muriyatida esa Qishloq xo‘jaligi departamenti rahbari lavozimida ishlagan. Uy-joy va shaharsozlik vaziriga nomzod – Ogayo shtati vakili Marsha Faj. Agar Senat tomonidan ma’qullansa, u mamlakat tarixidagi ikkinchi afroamerikalik bo‘ladi. Faj – AQSH Kongressi Vakillar Palatasining uy-joylarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va ish bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadigan qo‘mitalarining a’zosi hisoblanadi.

Bayden Oq uyning sobiq ma’muriyati rahbari Denis Makdonouni faxriylar ishlari bo‘yicha davlat kotibi lavozimiga va shu ma’muriyatda Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi Syuzan Raysni Oq uyning ichki siyosat kengashi rahbari lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Xitoylik mutaxassis Ketrin Tay AQSHning savdo muzokarachisi lavozimiga nomzod deb topildi. Jozef Bayden uni tanishtirar ekan, savdo masalalari yangi ma’muriyat uchun asosiy vazifalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing