Bayden Varshavadan Putinni ogohlantirdi
Olam
−
22 fevral 2023
19391Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi mojarodan bo‘linmaydi va charchamaydi, Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan Kiyevga yordam zaiflashmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 21 fevral kuni Varshavadagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
Uning fikricha, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan deyarli bir yil o‘tib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kiyevni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSH va uning hamkorlari koalitsiyasining “kuchliligiga endi shubha qilmayapti”.
“Biroq u bizning qat’iyligimizga hali ham shubha qilmoqda. U uzoq muddatli chora ko‘rish qobiliyatimizga shubha qilmoqda. U biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimizga shubha qilmoqda. U NATOning birdamligicha qolishi mumkinligiga shubha qilmoqda”, deb hisoblaydi Amerika rahbari.
Uning qayd etishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash so‘nmasligi, NATO bo‘linmasligi va bundan charchamasliklariga shubha bo‘lmasligi kerak
Baydenga ko‘ra, AQSH kelasi yili NATO sammitiga mezbonlik qiladi.
“Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan Ukrainani o‘zini himoya qilgan holda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Kelasi yili men NATOning barcha a’zolarini AQSHda bo‘ladigan sammitda qabul qilaman. Biz birgalikda jahon tarixidagi eng kuchli mudofaa ittifoqining 75 yilligini nishonlaymiz”, deydi u.
Uning qayd etishicha, AQSHning NATO va 5-moddadagi ittifoqchilari oldidagi majburiyatlari toshga o‘xshaydi. Buni NATOning har bir davlati biladi, Rossiya ham biladi. Ulardan biriga [NATO a’zosiga] hujum qilish hammaga hujum qilish demakdir. Bu NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga muqaddas qasamdir.
LiveBarchasi