Bayden va Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilishi kutilmoqda

Olam

image

AQSH va Ukraina Prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy joriy yilning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni tarqatilgan yuqori darajadagi haftalik dasturida ma’lum qilindi.

Yuqori darajadagi xalqaro tadbirda Eron, Turkiya va Fransiyadan davlat rahbarlari, Buyuk Britaniya va Germaniyadan hukumat rahbarlari, Xitoydan esa Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Rossiya nomidan esa Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashishi, u 23 sentyabr kuni chiqish qilishi kutilmoqda.

Bildirilishicha, mazkur dastur hozircha dastlabki variant bo‘lib, sentyabrgacha ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing