Bayden va Szinpin uchrashuvining ehtimoliy vaqti aytildi

Olam

image
Bayden va Si Szinpin yuzma-yuz uchrashishga kelishib oldi north_east

Bayden va Si Szinpin yuzma-yuz uchrashishga kelishib oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden joriy yilning noyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan yuzma-yuz uchrashishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoy rasmiylari G20 yoki Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida doirasida bo‘lib o‘tadigan Jo Bayden va Si Szinpinning yuzma-yuz uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Nashrga ko‘ra, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) qurultoyi kuzda bo‘lib o‘tadi va unda Si Szinpin aftidan uchinchi muddatga XKP rahbari sifatida o‘z nomzodini ilgari suradi. 

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan rasmiylar Si Szinpin avvalo konvensiyani yakunlashi, keyin esa 15-16 noyabr kunlari Balidagi G20 sammitida ishtirok etishi kerakligini aytmoqda. U yerdan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun Bangkokka yo‘l olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bu Xitoy yetakchisining deyarli uch yildagi ilk safari va Bayden bilan Prezident sifatidagi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Ikki sammitdan biri doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuvga tayyorgarlik hali dastlabki bosqichda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2 avgust kuni Tayvanga qilgan tashrifidan keyin Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Pekin bu safarni “Yagona Xitoy” tamoyilini buzish va mamlakat davlat suverenitetiga tajovuz, deb hisobladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Tszin'pin

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing