Bayden va Si Szinpin yuzma-yuz uchrashishga kelishib oldi

Olam

image
Szinpin Baydenga “olov bilan o‘ynashmaslik”ni maslahat berdi north_east

Szinpin Baydenga “olov bilan o‘ynashmaslik”ni maslahat berdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy raisi Si Szinpin ikki tomonlama yuzma-yuz uchrashish muhim deb hisoblamoqda. Bu haqda Oq uyning anonim qolishni istagan yuqori martabali mulozimi AQSH va Xitoy rahbarlarining telefon suhbatlariga izoh berib, aytib o‘tgan.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tomon bu uchrashuvning sanasini belgilash ustida ishlaydi.

U Si Szinpinning Tayvan masalasida chet el aralashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan va “o‘t bilan o‘ynagan kishi, albatta, o‘zini yoqib yuborishi” bilan tahdid qilgan bayonotiga izoh berishdan bosh tortgan.

“Aytishim mumkinki, yetakchilar Tayvan bo‘yicha juda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqot qilishgan”, degan Oq uy matbuot kotibi.

Shuningdek, u Bayden muloqot chog‘ida Xitoyga nisbatan bojxona tariflarini bekor qilish masalasini ko‘tarmaganini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing