Szinpin Baydenga “olov bilan o‘ynashmaslik”ni maslahat berdi
Olam
−
28 iyul 2022
25056Bugun, 28 iyul kuni Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina inqirozi va Tayvan masalasini muhokama qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyasi xabar berdi.
“Ikki davlat rahbarlari Ukraina inqirozi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. Si Szinpin Xitoyning bu masalalarda prinsipial pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida Xitoy rahbari Tayvandagi holatga tashqi kuchlarning aralashuvini keskin qoralagan.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynagan o‘zini albatta yoqib yuboradi”, deya Si Szinpinning so‘zlarini keltirdi televideniya.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlarining suhbati samimiy va puxta o‘tgan, tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.
Avvalroq, Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi telefon suhbati ikki soatdan ortiq davom etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi