Bayden va Netanyaxu iyul oyi oxirida Vashingtonda uchrashadi
Olam
−
03 iyul
2160AQSH Prezidenti Jo Bayden iyul oyi oxirida Vashingtonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxuning Vashingtonga tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi kutilmoqda, u 24 iyul kuni AQSH Kongressida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Netanyaxu 1996, 2011 va 2015 yillarda AQSH qonunchilariga murojaat qilgan.
Iyun oyi boshida AQSH Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Isroil bosh vaziri 24 iyul kuni AQSH Kongressi har ikki palatasining qo‘shma majlisida yana nutq so‘zlashini tasdiqladi.
LiveBarchasi